Doktor Anvar Namazov klinikasi

Navoiy shahrida  2009-yildan beri “ Doktor Anvar Namazov klinikasi” oftalmologiya klinikasi faoliyat yuritmoqda.  Klinikada malakali va katta tajribaga ega shifokorlarimiz bemorlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Klinikada murakkab mikrojarrohlik amaliyotlari eng yuqori texnologiyalarda olib boriladi. Bu esa operatsiyalarni eng yuqori professional darajada amalga oshirish imkonini beradi.

Klinika faoliyati davomida 85721 ta dan ortiq bemorlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Shu davrlarda 12699 ta operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu esa ko‘zning eng og‘ir patologiyalarida ham ko‘rish qobiliyatini muvaffaqiyatli tiklash imkonini beradi.

Klinikaning zamonaviy jihozlari turli xil ko'rish muammolarini hal qilish imkonini beradi, minglab odamlar allaqachon miyopi, gipermetropiya, astigmatizm, katarakta va boshqa kasalliklardan xalos bo'lishga, ko'z sog'ligini saqlashga, dunyoga ko'zoynak va kontakt linzalarisiz qarashga muvaffaq bo'lishdi. “Doktor Anvar Namazov klinikasi” O’zbekistonda yuqori texnologiyali oftalmologik xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha yetakchilardan biridir. Zamonaviy diagnostika uskunalari, noyob mikrojarrohlik tizimlari, lazer tizimlari, terapevtik davolash uchun asboblar - klinikaning texnik jihozlari har qanday ko'rish muammolarini hal qilish imkonini beradi!

Manzil: Navoiy viloyati, Navoiy shahri, A.Avloniy ko’chasi, 20 A-uy.

Tel: +998792252523; +998912520300

Savollaringiz bormi? Unda bizning call-markazimizga qo‘ng‘iroq qiling — sizga mamnuniyat bilan yordam beramiz. +998792001555